Xitoy janubi-g‘arbidagi Chunsin shahri yaqinida joylashgan ko‘mir konida ro‘y bergan portlash qurbonlari soni 18 kishiga yetdi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq 15 kishi halok bo‘lgani bildirilgan edi. Undan so‘ng qutqaruvchilar yana uch kishining jasadini topdi.
Gaz portlashi chog‘ida 35 kishi yer ostida edi. Ikki konchi qutulib qoldi. 15 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Izoh (0)