IShID guruhi jangarilari Mosuldan janubroqda joylashgan Hammom al-Alil aholi yashash punktidan 25 ming kishini shaharga olib kelib, ulardan tirik qalqon sifatida foydalanishga urindi. Bu haqda BMT inson huquqlari boshqarmasi vakili Ravina Shamsadoniy bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
Aytilishicha, 31-oktabr ertalabki soatlarida jangarilar o‘nlab mikroavtobus va yuk mashinalarida Hammom al-Alil aholisini Mosulga zo‘rlab jo‘natishga uringan.
Koalitsiya samolyotlari ko‘pchilik avtobus va yuk mashinalari haydovchilarini ortga qaytishga majbur qildi, ammo bir nechta mashina Hammom al-Alildan 15 kilometr shimoldagi Abusaif aholi yashash punktiga yetib bora oldi.
Shamsadoniy insonlardan tirik qalqon sifatida foydalanish harbiy jinoyat ekanligini eslatib o‘tdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)