Xitoy janubi-g‘arbidagi Chunsin shahrida joylashgan ko‘mir konida ro‘y bergan portlash oqibatida 15 konchi halok bo‘ldi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Gaz portlashi chog‘ida 35 kishi yer ostida edi. Ikki konchi qutulib qoldi. 18 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Qidiruv ishlarini qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar va politsiyachilar, jami 200 kishi olib bormoqda.
Izoh (0)