• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Tartibsizligim uchun muxlislardan uzr so‘rayman”. Jahongir Otajonovning konsertidan fotoreportaj

    28—29-oktabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida xonanda Jahongir Otajonovning jonli ijrodagi “Kuz gullari” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Konsertda jurnalist Feruz Muhammad bo‘ldi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Ba’zi jurnalistlarning “bir yilda bo‘layotgan ikkinchi konsertga muxlislar kelarmikan, bu noto‘g‘ri bo‘lsa kerak”, deya bildirgan xavotirlari o‘rinsiz bo‘lib chiqdi: “Istiqlol”ning zali ham, balkoni ham muxlislar bilan liq to‘ldi. Ular Jahongir Otajonovni sahnaga chiqqunicha, sahnaga chiqqandan keyin ham davomli qarsaklar bilan olqishlab turdi.

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    “Gunohim” deb nomlangan qo‘shiq yarim soat kech boshlangan dasturning ilk taronasi bo‘ldi. “Men sizga mushtoqman, siz menga mushtoqsiz” deb nomlangan qo‘shig‘ini kuylab, zal bo‘ylab “sayohatga” chiqqan Jahongir Otajonov zalning u burchagidan, to bu burchagiga qadar ham qo‘shiq aytib, ham raqsga yaqin harakatlar qilib, ham muxlislar bilan selfi tushib sahnaga qaytdi.

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Sahnaga qaytgan xonanda muxlislarga qarata: “Zalning oxirida o‘tirgan muxlislar bilan ham ko‘rishib qaytmasam bo‘lmasdi. Agar qaysidir muxlisimizga sho‘xligim malol kelgan bo‘lsa, tartibsizligim uchun uzr so‘rayman”, deyishi bilan, bunga javoban muxlislar tomonidan gulduros qarsaklar va: “Unday emas, hammasi joyida”, degan hayqiriqlar eshitildi.

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Dasturda to‘rtinchi bo‘lib yangragan “Istaysizmi yo‘qmi, sizni sevaman” nomli qo‘shiqdan so‘ng, nazarimda, tomoshabirnlarga ham, xonandaga ham “jon kirdi”. Xonanda bugungi kunda o‘zini qo‘shiqchi sifatida e’tirof qilayotgan qo‘shtirnoq ichidagi qo‘shiqchilarga “Qo‘shiqchi” qo‘shig‘i orqali tanqidiy munosabat bildirdi.

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    “Qo‘shiqchi” qo‘shig‘iga “Ilhom” teatr-studiyasining aktyor va aktrisasidan iborat juftlik tomonidan ajoyib sahna ko‘rinishi tayyorlangan. Ular qo‘shiq so‘ziga mos ravishda harakat qildi. Misol uchun, yigit qo‘liga bolg‘acha olib, uni mikrofon sifatida tassavvur uyg‘otdi. Ularning kulguli harakatlari xonandaning qo‘shiq orqali aytmoqchi bo‘lgan tanqidiy munosabati yanada oydinlashtirdi.

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Shu o‘rinda “Ilhom” teatr-studiyasining aktyor va aktrisasidan iborat juftlikning ishtiroki haqida. Bizningcha, qo‘shiqlarga bunday yondoshish, ya’ni, xonanda tomonidan kuylanayotgan taronalarga asosan improvizatsiya harakatlari “Istiqlol” san’at saroyida ilk marotaba qo‘llangan tajriba bo‘ldi.

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Ularning chiqishlari “Gunohim”, “Qo‘shiqchi”, “Muhabbat oliyjanob yoxud Jin”, “Soat” kabi qo‘shiqlarga muayyan kayfiyat qo‘sha oldi. Xonandaning ular bilan bir necha marotaba raqsga tushib, ular kabi harakat qilishi muxlislar tomonidan yaxshi kutib olindi. Nazarimizda, tajriba o‘zini oqladi.

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Dasturga nomi berilgan ajoyib “Kuz gullari” qo‘shig‘idan so‘ng, xonanda konsertga mehmon sifatida tashrif buyurgan O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayevaga qarab: “Bu qo‘shig‘im sizning qo‘shig‘ingizga o‘xshab qolgani uchun uzr so‘rayman”, — dedi.

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Dasturda kuylanishi rejalashtirilgan 16 qo‘shiq orasida “Bevafo”, “Ayol makri” kabilar yo‘q edi, ammo xonanda birdan bu qo‘shiqlarni ham kuylab ketdi. Dasturning shu joyida qo‘shiq aytishni to‘xtatib, sozandalarga qarata “Xato qilyapsizlar-ku!”, deya e’tiroz ham qilib qo‘ydi.

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    “Konsertimizda ba’zi muxlislarimizning talablariga binoan eski qo‘shiqlarni kuylaganimiz uchun sizlardan uzr so‘rayman”, — deya muxlislardan yana bir marta uzr so‘rab qo‘ydi. Bu xonandaning konsert davomida uchinchi bor uzr so‘rashi edi.

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    “Men o‘zimni sevaman, menga o‘zim yoqadi” deb nomlangan qo‘shiqni xonandaning qo‘l harakatiga mos ravishda goh o‘ng qanotdagilar, goh so‘l tomondagi muxlislar jo‘r bo‘lib kuyladi.

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Jonli ijroda bo‘lib o‘tadigan dasturda xonandaga qanchalik qiyin bo‘lsa, sozandalarga ham shunchalar qiyin. Ayniqsa har bir narsada o‘ta injiq va talabchan bo‘lgan Jahongir Otajonovning sozandalariga bu borada yana bir karra qiyin. Dasturda sozandalarning munosib mehnati alohida e’tirof qilishga arziydi.

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev

    Xonanda o‘tgan safargi an’anasiga sodiq qolgan holda bu galgi konsert dasturini ham videoga oldirmadi. Bu uning o‘ziga xos strategiyasi ekanligini intervyuda ham aytib o‘tgan edi. Ammo juda ko‘plab muxlislar dasturni o‘zlarining qo‘l telefoniga muhrladi.

    “Soat” deb nomlangan tarona ikki oydan ortiq tayyorgarlik ko‘rilgan, a’lo darajada va 100 foiz jonli ijroda o‘tgan dasturga yakun yasadi.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    31.10.2016, 12:41   Izoh (0)   63381
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyalik aktyor Vladimir Zeldin 101 yoshida vafot etdi

    31.10.2016, 12:19

    “Yulduzli tunlar” spektakli: Bobur rolida — Alisher Uzoqov, Adiz Rajabov esa — Ahmad Tanbal (foto)

    29.10.2016, 20:06

    Bob Dilan Shvetsiya akademiyasi bilan bog‘lanib, Nobel mukofotini qabul qilishga roziligini bildirdi

    29.10.2016, 11:51

    Xonanda Munisa Rizayeva singlisi Karima ba’zida “xira pashsha va tulkidek ayyor”, ba’zan “zebo va juda dilbar” bo‘lishini ma’lum qildi

    28.10.2016, 15:13

    Bryus Lining o‘g‘lini tasodifan otib qo‘ygan aktyor vafot etdi

    27.10.2016, 17:48

    Farhod Alimov: Rayhon bilan dardimiz bir

    27.10.2016, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samolyotda ko‘pchilik foydalansa-da, aslida foydasiz bo‘lgan 5 narsa

    Layfstayl | 19 iyul, 15:40

    Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 15:15

    Avstraliya Ukrainaga 49 ta Abrams tanklarini yetkazib berdi

    Dunyo | 19 iyul, 15:05

    Levandovski Polsha terma jamoasiga qaytadi

    Sport | 19 iyul, 15:00

    “Uyda yolg‘iz” filmida ko‘pchilik payqamagan mantiqsiz xatoliklar (foto)

    Kino | 19 iyul, 14:35

    Davlat granti qaysi taʼlim yo‘nalishlariga ko‘p ajratilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 14:03

    Yozgi transfer oynasida eng ko‘p xarajat qilgan klublar: “Chelsi” yetakchi, “Liverpul” va “Real” ham undan qolishmayapti

    Sport | 19 iyul, 13:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.