Gollandiyaning “NEK” futbol klubida to‘p surayotgan Ferdi Kadioglu mamlakat chempionatida gol kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Gollandiyalik futbolchi “Utrext”ga qarshi (1:1) 30-oktabr, yakshanba kuni kechgan o‘yinning 62-daqiqasida gol kiritdi. Kadioglu gol kiritganida 17 yosh va 23 kunlik bo‘lgan.
Ferdi Kadioglu Gollandiya chempionatidagi debyutini 2016-yilning 28-avgust kuni, “AZ Alkmaar” klubga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushganida o‘tkazgan.
Izoh (0)