Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Moldova 30-oktabr, yakshanba kuni 20 yillik tanaffusdan so‘ng birinchi marta umumxalq ovoz berishi yo‘li bilan prezidentni saylamoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: AP

Foto: AP

Oxirgi bor davlat rahbari shu tariqa 1996-yili saylangan, 2000-yildan beri esa bu vakolat parlamentga berilgandi. Biroq joriy yil martida Konstitutsiyaviy sud bu me’yorni noqonuniy deb topdi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovni tikladi.

Amaldagi davlat rahbari, 68 yoshli Nikolay Timofti ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishdan bosh tortdi. Saylovlarda ishtirok etayotgan 9 nomzod orasida Rossiya bilan yaqinlashish tarafdori bo‘lgan Sotsialistlar partiyasi vakili Igor Dodon va Yevropa sari intilayotgan muxolifat nomzodi, “Harakat va birdamlik” partiyasi rahbari Mayya Sandu yaqqol yetakchilik qilmoqda. Mahalliy OAV Amerikada tahsil olgan va Jahon bankida xizmat qilgan Sandu AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini bildirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zaporojyeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar. Urushning 225-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Yaqinda besh million olgan ekansiz, shu sabab murojaatingiz rad qilindi deb yozaman” — Toshkent viloyati hokimi
Madaniyat
Davron G‘oyipovning qanday kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi