Ispaniyalik mutaxassis Rafael Benitesning iste’fosidan so‘ng “Real” bosh murabbiyi lavozimiga asosiy da’vogar Zinedin Zidan emas, Pep Gvardiola bo‘lgan. Bu haqda Gvardiolaning biografi hamda jurnalist Marti Perarnau ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“‘Real’ kelishuvni amalga oshirish uchun Gvardiolaning agenti Xosep Mariya Ortega bilan bog‘langan edi. Pep ‘Manchester Siti’ bilan kelishib qo‘yganligi uchun taklifni rad etgandi. Men o‘sha yerda edim va barchasini eshtiganman”, – dedi Marti Perarnau.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning yanvar oyida “Real” rahbariyati qoniqarsiz natija tufayli Rafael Benitesni iste’foga chiqarib, uning o‘rniga klubning sobiq futbolchisi, fransiyalik Zinedin Zidanni bosh murabbiy etib tayinladi. 2015/16-yilgi mavsum yakunida “Qirollik klubi” Zidan bosh murabbiyligi ostida 11-marta YChL chempioniga aylangan edi.
Ayni damda “Manchester Siti”ni boshqarayotgan Pep Gvardiola Angliya chempionti 9-turidan so‘ng 20 ochko bilan to‘plar nisbati evaziga birinchi o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)