Myanmada ilk bor Zika virusiga chalinish bilan bog‘liq holat tasdiqlandi. Bu haqda Global New Light of Myanmar gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Kasallik mamlakatning eng yirik shahri Yangonda yashovchi 32 yoshli chet ellik ayolda aniqlandi. Uning millati ma’lum qilinmadi. Biroq kasallikka chalingan ayol hozir farzand kutayotganligi ma’lum.
Myanma Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, yuqumli kasallik tarqalmasligi uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.
Zika virusi ilk bor 1947-yil Ugandada aniqlangan edi.
Izoh (0)