Pravoslav va katolik jamoalari Quddusdagi Iso Masih qabrining ochilishiga salbiy munosabat bildirmadi. Bu voqea cherkov arxeologiyasi sohasiga oiddir, deb bayonot berdi Rus pravoslav cherkovi o‘quv qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Maksim Kozlov.
“Diniy nuqtai nazardan bu yerda biror yomon narsa ko‘rmayapman”, — uning so‘zlarini keltiradi “Interfaks”.
Katolik ruhoniylari ham shunga yaqin munosabat bildirdi. Moskvadagi Bibi Maryam arxiyeparxiyasi matbuot kotibi Kirill Gorbunov Iso qabriga daxl qilish arxeologiya va tarix kompetensiyasiga kiradi, negaki “xristian dini Iso Masihning qayta tirilishi asosiga quriladi”.
Ilgariroq olimlar tarixda birinchi marta Quddusdagi Ilohiy qabr ibodatxonasidagi Iso Masih qabri plitasini ochgani ma’lum bo‘lgan edi. Plita 1555-yilda o‘rnatilgan. Mutaxassislar imperator Konstantinning onasi avliyo Yelena aynan shu yerda Iso Masih qabri joylashganini qayerdan bilganini aniqlamoqchi.
Izoh (0)