Yevropa Ittifoqi yaqin soatlarda o‘n nafar suriyalikka qarshi Aleppodagi vaziyat bilan bog‘liq ilk sanksiyalarni joriy etadi. Bu haqda, The Wall Street Journal nashriga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, sanksion ro‘yxatga kiritilgan Suriya fuqarolari orasida hukumat vakillari, harbiy amaldorlar, shuningdek, Bashar Asad rejimi bilan bog‘liq biznesmenlar bor.
Sanksiyalar bu shaxslarning aksiyalari muzlatib qo‘yilishini hamda ularga Yevroittifoq hududiga kirish taqiqlanishini ko‘zda tutadi.
Bundan tashqari, yaqin orada Yevroittifoq sanksion ro‘yxatga yana 18 nafar hukumat a’zosini kiritishi kutilmoqda. Ularga nisbatan choralar keyingi haftadan amalga kiritiladi.
Izoh (0)