Moliya vazirligi ota-onalar maktabgacha ta’lim muassasalaridagi farzandlari uchun to‘lovlarni mobil telefon yordamida plastik kartochka orqali to‘lash imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirdi, deb yozadi Norma.
Xizmatdan foydalanish uchun maktabgacha ta’lim muassasasining buxgalteri har bir tarbiyalanayotgan bolani UzASBO dasturiy majmuasi ro‘yxatiga kiritishi kerak bo‘ladi.
Ota-onalarning vaqtini tejash uchun xizmat har bir tarbiyalanuvchi bo‘yicha hisobot yuritadi va istalgan vaqtda oldindan to‘lov yoki qarzdorlik haqida ma’lumot olish imkoniyatini beradi.
Moliya vazirligining xabarida ta’kidlanishicha, xizmat nafaqat ota-onalarning, balki maktabgacha ta’lim muassasasi buxgalteri ishini ham yengillashtiradi. UzASBO orqali kiritilgan to‘lov onlayn rejimda aks etadi. Bu esa buxgalterga tarbiyalanuvchilar uchun qachon va qancha miqdorda to‘lov amalga oshirilganligini ko‘rish imkonini beradi.
Izoh (0)