29-sentabr kuni kaliforniyalik harbiy xizmatchi Erik Dossantos Fransiyaning Shamoni-Mon-Blan shahri yaqinidagi tog‘dan vingsyutda (qanotli libos shaklidagi parvoz uskunasi) tushish harakatini amalga oshirdi. Ammo parvoz muvaffaqiyatsiz yakunlandi, deb xabar beradi TJournal.
Erik 145 kilometr/soat tezlikda daraxtga urilib, ko‘plab jarohatlar oldi. Uning kuragi va uch qovurg‘asi sindi. Bundan tashqari, u boshidan jiddiy jarohat oldi.
Erikning sug‘urta kompaniyasi davolanish xarajatlarini qoplashdan bosh tortgani bois uning do‘stlari GoFundMe’da mablag‘ to‘plash kampaniyasini uyushtirdi. 7500 dollar zarur bo‘lgan bir paytda hozircha 175 dollar to‘plandi.