Futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem “Qirollik klubi” elchisi etib tayinlanadi. Bu haqda Marca gazetasiga tayanib, “TASS” ma’lum qilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, “Los-Anjeles Gelaksi”dagi faoliyati bilan amerikalik muxlislarga tanish bo‘lgan 41 yoshli Bekxem AQShda “Real” brendini ommalashtirish bilan shug‘ullanadi.
Devid Bekxemning “Real” elchisi sifatida rasman tanishtirilish muddati hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, futbolchilik faoliyatini 2013-yilda yakunlagan Bekxem 2003–2007-yillar davomida “Real” sharafini himoya qilgan. Faoliyati davomida u “Manchester Yunayted”, “PSJ” va “Milan” klublarida to‘p surgan.
Izoh (0)