19–23-oktabr kunlari WTA Finals Butunjahon ayollar tennis uyushmasi yakuniy turniri doirasida Singapurda 14–16 yoshli qizlar o‘rtasidagi WTA Future Stars turniri o‘tkazildi. 18 mamlakatdan tashrif buyurgan tennischi qizlar (har bir yosh kategoriyasida 20 nafar) musobaqalarda ishtirok etdi. Ular orasida oliy sport mahoratining Toshkent maktabi vakilalari — Olesya Kim (U-14) va Milana Maslenkova (U-16) bor edi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
O‘yinlar to‘rt guruhda o‘tkazildi. Qur’a tashlash natijalariga ko‘ra Olesya Kim Garbine Muguruza, Milana Maslenkova esa Agnieszka Radwanska guruhiga tushdi. Milana birinchi raqibi — vyetnamlik Tran Truk ustidan g‘alaba qozondi, ammo ikkinchi o‘yinda yaponiyalik tajribali tennischi Ayumi Koshishiga imkoniyatni boy berdi.
Olesya Kim musobaqaning birinchi kunidan so‘ng o‘z guruhida yetakchiga aylandi, yarim finalda esa avstraliyalik Ennerli Poulos ustidan uch setda g‘alaba qozondi (6/3 4/6 10/4) va finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bahslarning oxirgi bosqichida yaponiyalik Ito Shioroga qarshi uchrashuv o‘tkazgan o‘zbekistonlik sportchi imkoniyatni boy berdi — 4/6 6/2 10/3. U kumush medal bilan O‘zbekistonga qaytadigan bo‘ldi.
Final uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng Olesya jahonning oltinchi raketkasi — ispaniyalik Garbin Mugurusaning dastxati qo‘yilgan raketkaga ega bo‘ldi.
Izoh (0)