Ispaniyaning mashhur Marca nashri o‘z o‘quvchilari orasida “Oltin to‘p–2016” mukofotiga kim ko‘proq loyiqligi borasida so‘rovnoma o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
Unga ko‘ra, respondentlarning 50,13 foizi “Barselona” hujumchisi Lionel Messi nomzodini qo‘llab-quvvatladi. “Real” yetakchisi Krishtianu Ronaldu esa 31,90 foiz ovoz to‘pladi.
Qolgan nomzodlar 4 va undan kamroq foiz ovoz to‘pladi.Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2015/16-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra “Real” safida YChL g‘olibi bo‘ldi. Portugaliya termasi bilan esa Yevropa chempioniga aylandi.
Lionel Messi o‘tgan mavsumda “Barselona” bilan Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Argentina termasi safida Amerika Kubogi–2016 ning finaliga qadar yetib borgan Messi kumush medal bilan cheklangan edi.
Izoh (0)