AQSh harbiy-dengiz kuchlari Yaponiyada qisqa masofadan ko‘tariluvchi va vertikal qo‘nuvchi F35B samolyotlarini qabul qila oladigan desant kemasini joylashtiradi. Kemada F35B samolyotlaridan tuzilgan eskadrilya joylashishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Harbiy-dengiz kuchlari vakilining so‘zlariga qaraganda, Wasp tipidagi universal desant kemasi (UDK) Sasebo portiga keladi. Wasp UDK shu toifadagi “Bonxomm Richard” kemasining o‘rnini egallaydi — bu kema ta’mir va modernizatsiya uchun San-Diyegoga (Kaliforniya shtati) yo‘llanadi.
UDK 2017-yil oxirida joylashtirilishi kutilmoqda.
Izoh (0)