Isroil Harbiy-havo kuchlari mamlakat hududi raketa hujumiga uchraganligiga javoban 24-oktabr, dushanba kuni G‘azo sektori shimolidagi Hamas obyektiga zarba berdi. Bu haqda Isroil armiyasi rasmiy vakili Piter Lerner ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“G‘azo sektoridagi terrorchilar Isroilga qarata raketa tashladi, bunga javoban yahudiy davlati Harbiy-havo kuchlari sektor shimolidagi Hamas obyektiga zarba berdi”, — dedi u.
Bundan avval falastin radikal kuchlari 5-oktabr kuni G‘azo sektoridan Isroilga raketa uchirgan edi. Shu kunning o‘zidayoq Isroil samolyotlari va tanklari Hamas harakati marralariga zarba bergan edi.
Izoh (0)