Daryo

Isroil G‘azo sektoridagi HAMAS obyektlariga zarbalar berdi

Isroilning Sderot shahrida G‘azo sektoridan yo‘llangan raketa portlagan, buning oqibatida shahar infratuzilmasi zarar ko‘rgandi

1 daqiqa o‘qish7 666 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Isroil harbiy-havo kuchlari Sderot shahri raketadan o‘qqa tutilganiga javoban G‘azo sektoridagi HAMAS obyektlariga zarbalar berdi. Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi rasmiy vakili Piter Lerner ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: Reuters

“Isroil samolyotlari raketadan o‘qqa tutishga javoban HAMASning G‘azo sektoridagi marralariga zarbalar berdi”, — deyiladi rasmiy vakil tomonidan tarqatilgan bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroilning Sderot shahrida G‘azo sektoridan yo‘llangan raketa portlagani, buning oqibatida shahar infratuzilmasi zarar ko‘rgani xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar