Venesuela prezidenti Nikolas Maduro OPEKning neft bozoridagi xatti-harakatlari yuzasidan muzokara olib borish maqsadida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. Bu haqda Maduro hamda mamlakat neft sanoati vaziri Euloxio del Pino Twitter’dagi sahifalari orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Ilgariroq Saudiya Arabistoni energetika, sanoat va mineral resurslar vaziri Xolid bin Abdulaziz al-Faleh Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novakni Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi kengashi davlatlarining neft vazirlari yig‘ilishiga taklif qilgan edi.
Izoh (0)