Gaiti shimolidagi qamoqxona qo‘riqchisi mahbuslarning ommaviy qochishi davomida halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” ma’lum qildi.
174 nafar mahbus qochayotib qo‘riqlov xonasidan o‘qotar qurollar, jumladan, beshta miltiqni ham olib ketdi.
Politsiya qamoqxonaga olib boruvchi yo‘llarga soqchilarni joylashtirdi. Biroq qochoqlarning qamoqxona kiyimida bo‘lmaganligi ularning mahalliy aholi bilan aralashib ketish imkonini yuzaga keltiradi.
AQShning Gaitidagi elchixonasi AQSh fuqarolariga qamoqxona joylashgan Arkaxay shahri hududiga bormaslik haqidagi bildirgini tarqatdi.
Izoh (0)