Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 8-turida chempionlik uchun kurashishi tahmin qilingan Dortmundning “Borussiya”si 2 ochko yo‘qotdi. Tomas Tuxel shogirdlari hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalardagina mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Dortmundliklar mavsum boshidan buyon o‘tkazilgan o‘yinlarning teng yarmida ochko yo‘qotib ulgurdi. Jumladan so‘nggi ikki turda ham “Borussiya” ochko yo‘qotgan bo‘lib, avvaliga “Bayer”dan yengilgan, keyinroq esa o‘z maydonida “Gerta”ni taslim qila olmagandi.
Myunxenning “Bavariya” klubi esa 2 ta durang natijasini hisobga olmasa, qolgan o‘yinlarda yo‘qotishlarsiz kelmoqda. Karlo Anchelotti boshqaruvidagi jamoa bu safar Myonxengladbaxning “Borussiya” klubini 2 ta gol farqi bilan mag‘lubiyatga uchratdi.
Germaniya Bundesligasi 8-tur bellashuvlari 21-oktabr, juma
“Gamburg” — “Ayntraxt” 0:3
Gollar: Lyuis Xoltbi, 35-avt (0:1). Shani Tarashay, 60 (0:2). Xaris Seferovich, 69 (0:3).22-oktabr, shanba
“Bayer” — “Xoffenxaym” 0:3
Gollar: Kerem Demirbay, 15 (0:1). Sandro Vagner, 49 (0:2). Stiven Suber, 60 (0:3).Chetlatish: Kevin Folland, 6 (B).“Gerta” — “Kyoln” 2:1
Gollar: Vedad Ibishevich, 13 (1:0). Antoni Modest, 65 (1:1). Niklas Shtark, 74 (2:1).“Darmshtadt” — “Volfsburg” 3:1
Gollar: Enis Ben-Xatira, 25 (1:0). Mario Gomes, 60 (1:1). Laslo Klyaynxaysler , 68 (2:1). Sandro Sirigu, 76 (3:1).Chetlatish: Jeffri Bruma, 23 (V).“Ingolshtadt” — “Borussiya Dortmund” 3:3
Gollar: Almog Koen, 6 (1:0). Dario Leskano, 24 (2:0). Pyer-Emerik Obameyang, 59 (2:1). Dario Leskano, 60 (3:1). Adrian Ramos, 69 (3:2). Kristian Pulishich, 90+1 (3:3).“Frayburg” — “Augsburg” 2:1
Gollar: Maksimilian Filipp, 66 (1:0). Nils Petersen, 78 (2:0). Halil Oltinto‘p, 84 (2:1).“Bavariya” — “Borussiya Myonxengladbax” 2:0
Gollar: Arturo Vidal, 16 (1:0). Duglas Kosta, 31 (2:0).23-oktabr, yakshanba“Leyptsig” — “Verder”“Shalke” — “Maynts”
Izoh (0)