Venesuela muxolifati yetakchilari mamlakat hukumatini keskin tanqid ostiga oldi. Ularning fikricha, prezident Nikolas Maduro iste’fosi yuzasidan referendum o‘tkazilishini taqiqlab qo‘ygan hukumat amalda davlat to‘ntarishini sodir etdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Muxolif yetakchilar tashabbusiga ko‘ra prezidentni lavozimidan chetlashtirish yuzasidan referendum o‘tkazish taklifi hukumatning keskin qarshiligiga sabab bo‘ldi. Boshida referendum o‘tkazish uchun imzo to‘plashda muxolifatga bajarib bo‘lmas talablar qo‘yildi. Yaqinda esa beshta shtat sudlari imzo to‘plashning birinchi bosqichi yakunlarini bekor qildi, shundan so‘ng Venesuela sudi referendum masalasini noaniq muddatga to‘xtatib qo‘ydi.
Venesuela muxolifati yetakchisi Miranda Enrike Kapriles o‘z tarafdorlariga murojaat etib, ularni 26-oktabrga mo‘ljallangan umummilliy norozilik aksiyalariga qo‘shilishga chaqirdi. Mitinglar konstitutsion tartibni qayta tiklash shiori ostida o‘tadi.
Kaprilesning so‘zlariga qaraganda, aksiyalar tinch ruhda kechadi.
Izoh (0)