2010-yilda sayyoraning tutqunlikda saqlanayotgan eng uzun iloni nomini olgan ilon vafot etdi. Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Flaffi laqabli ilon Ogayo shtatining Kolumbus hayvonot bog‘ida yashar edi. Uzunligi 7 metrdan ortiq bo‘lgan 18 yoshli sudralib yuruvchi o‘simta tufayli vafot etgandan so‘ng, uning o‘rnini bosuvchi ilonni topish uchun bir yilga yaqin vaqt ketdi, deb yozadi National Geographic.
Ushbu maqomni Kanzasning Full Moon Productions ko‘ngilochar bog‘ida istiqomat qiluvchi Meduza laqabli 10 yoshli to‘rsimon bo‘g‘ma ilon (Broghammerus reticulatus) egalladi.
Meduzaning uzunligi 7,67 metrga yetadi, og‘irligi esa 158,8 kilogrammni tashkil etadi. Uni butun uzunligi bo‘yicha qo‘lda ko‘tarish uchun 15 kishi kerak bo‘ladi.
Uning ratsioni cho‘chqa, bug‘u va quyonlardan iborat. U bir marta ovqatlanishda 40 kilogrammlik bug‘uni butunligicha yutib yubora oladi.
Izoh (0)