BMT Aleppo shahrining sharqiy qismidan odamlarni tibbiy evakuatsiya qilishni xavfsizlik kafolatlari mavjud emasligi tufayli bekor qildi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, BMT yarador va xastalarni evakuatsiya qilish uchun Aleppoda e’lon qilingan gumanitar tanaffusdan foydalanishni ko‘zlamoqda. Shuningdek, gumanitar vakil Yens Lerkening so‘zlariga qaraganda, xalqaro tashkilot tanaffusning uchinchi va to‘rtinchi kunlarida, tibbiy evakuatsiyani o‘tkazish bilan birga, muhtojlarga oziq-ovqat yetkazishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)