Iroqning Mosul shahri IShID guruhi jangarilaridan tozalanganidan so‘ng xalqaro koalitsiya Rakka ozodligi haqida bosh qotira boshlaydi. Bu haqda AQSh davlat kotibining o‘rinbosari Toni Blinken bayonot berdi, deb xabar qiladi “Vedomosti”.
“Biz bu xilofatni yo‘q qilish imkoniyatiga egamiz. Buning uchun ikkita narsani qilish kerak: Iroqda Mosulni, Suriyada Rakkani olish”, — dedi u Fransiyaning RTL telekanaliga bergan intervyusida.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)