AQSh davlat kotibining siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kelgusi hafta O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb yozadi UzDaily.
AQSh Davlat departamentining ma’lum qilishicha, janob Shennon 2016-yilning 24—29-oktabr kunlari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Tomas Shennon Markaziy Osiyoga ilk bor tashrif buyuradi. Diplomat Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligining 25 yilligini nishonlaydi, shuningdek, Markaziy Osiyoning beshta mamlakatini o‘z ichiga oluvchi “S5+1” guruhi bo‘yicha aloqalarni davom ettiradi.
Tomas Shennon 24-oktabr kuni Qozog‘istonga tashrif buyuradi. 26—27-oktabr kunlari Qirg‘izistonga, keyin esa O‘zbekistonga yo‘l oladi.
O‘zbekistonda Shennon Toshkent va Samarqandga tashrif buyuradi. Tashrifi davomida u rasmiy shaxslar, ishchi doiralar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan muzokaralar olib boradi.
Samarqandda AQSh Davlat departamenti vakili O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qabriga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Izoh (0)