Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax Tokio–2020 Olimpiya o‘yinlari musobaqalarining bir qismini Fukusimada – 2011-yilda atom elektr stansiyasida avariya sodir bo‘lgan shaharda o‘tkazishni taklif qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Tokio–2020 Olimpiada musobaqalarining bir qismini falokat yuz bergan hududlarda o‘tkazish g‘oyasini muhokama qildik. Shu yo‘l orqali ofat oqibatida vayron bo‘lgan hududlarni qayta tiklashga hamda u yerda yashayotgan odamlarga umid va ishonch bag‘ishlashga yordam beramiz”, – dedi Bax
Avvalroq musobaqa tashkilotchilari beysbol o‘yinini Fukusimada o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qilgandi.
Ma’lumot uchun, Tokio mezbonlik qiladigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari 2020-yilning 24-iyul – 9-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)