Butunjahon antidoping agentligi WADA Rossiyaning yangi sport ishlari vaziri Pavel Kolobkov bilan hamkorlikda ishlash niyati borligini ma’lum qildi. Bunda gap Rossiya antidoping tashkiloti RUSADA bilan munosabatlarni tiklash haqida bormoqda, deyiladi “TASS” xabarida.
19-oktabr — chorshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin sport ishlari vaziri Vitaliy Mutkoning lavozimini ko‘tarib, uning o‘rniga Pavel Kolobkovni mamlakat sport ishlari vaziri etib tayinlagandi.
“WADA sport olamidagi kishilar bilan doimo aloqada, butunjahon antidoping qoidalarini nazorat qilish uchun tashkilot mamlakatlar rahbarlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga harakat qiladi. Bu yo‘nalish Rossiya sport ishlari vaziri bilan hamkorlik tariqasida ham davom etishi uchun RUSADA bilan aloqalar tiklanishi kerak”, — deb yozilgan WADA taklifida.
Kolobkov bunga qadar Rossiyaning WADA’dagi vakili sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Izoh (0)