O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining elektron qabulxonasiga kelayotgan murojaatlar o‘z vaqtida va qonuniy tartibda ko‘rib chiqilayotgani bilan aholining e’tiborini qozonmoqda. Ushbu virtual qabulxonaga Toshkent shahri aholisidan tushayotgan murojaatlar tahlili yuzasidan “Toshkent” teleradiokanalining “Murojaatdan so‘ng” teledasturida so‘z yuritilmoqda.
Bugun, 20-oktabr kuni “Toshkent” teleradiokanalining “Murojaatdan so‘ng” teledasturida virtual qabulxonaga kelgan yangi murojaatlar haqida batafsil so‘z yuritiladi.Baxtiyor Yusupov:
“Gaz hisoblagichni har to‘rt yilda standartdan o‘tkazaman, sertifikatlari bor. Oyma-oy o‘z vaqtida to‘lab boraman to‘lovlarini. 3–4 yildan beri qish paytlarida, necha marta kelib gazni 2–3 kunlab o‘chirib ketishdi. Bizda qarzdorlik yo‘q edi. Bosh vazirimizga minnatdorlik bildiramiz, umrlari uzoq bo‘lsin. 3–4 yildan beri bitmagan ishlarni bir kundayam bitirib berisharkan. Qoyil qoldik”.Ma’mura Abdullayeva:
“2013-yil ‘Tumangaz’ga murojaat qilganimda, 680 mingdan ortiq qarzingiz bor, deyishdi. 2014-yil yana ko‘paygan, 700 mingdan oshdi. 2015-yil yana bordim, murojaat qildim, o‘sha qarzdorlik osilib turibdi, olib tashlanmagan. 2016-yil 5-oktabrda yana bordim. Kompyuterda o‘tirgan operatorga murojaat qilsam, sizda qarzdorlik mavjud, deydi. O‘sha yerda Bosh vazirimiz virtual qabulxonasiga murojaat qildim. Xalqimizga shuncha qulaylik yaratganlari uchun Shavkat Mirziyoyevdan xursand bo‘ldim. Hamma o‘z joyida, o‘zining ishini fidokorona, vaqtida bajarsa, shunaqa bo‘lmasdi”.
Ma’lumot uchun, bir necha yil avval xonadonlarda foydalanilgan issiq suv, sovuq suv, tabiiy gaz hamda elektr energiyasi o‘lchash uchun elektron hisoblagichlar o‘rnatish amaliyoti boshlangan edi. Hozirgi paytga kelib Toshkent shahrida bu jarayon yanada jadallashtirilmoqda. Nasiba Sharipova hamda Nikolay Suxoverkov Bosh vazir virtual qabulxonasiga xonadonlariga tezroq ana shunday hisoblagich o‘rnatilishida yordam so‘ragan.Nasiba Sharipova:
“Portalga, Bosh vazirimizga yozuvdim. Mana, kelib, hisoblagichni qo‘yib ketishdi. Rahmat. Portal haqida ko‘p eshitgandim, ko‘p odamlarning muammoasi yechilgan ekan. Men murojaat qilgandim, tezda hal qilib berishdi. Katta rahmat”.Nikolay Suxoverkov:
“Men 10-00 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qildim. Bizning ko‘p qavatli uyga hisoblagich qo‘yilganda mening xonadonimga qo‘yilmasdan qolib ketganini aytdim. Shuning uchun agar imkoniyat bo‘lsa, issiq suvni o‘lchovchi hisoblagichni qo‘yib berishda yordam so‘radim. Oradan ikki kun o‘tib kelishdi va hisoblagich qo‘yib berishdi. Hammasi yaxshi. Endi muammo yo‘q. Men endi hisoblagich bo‘yicha to‘layman. Hurmatli Bosh vazirga minnatdorlik bildiraman”.Hurriyat Shamsiyeva:
“Qo‘shnimiz portalga yozdi. Chunki yozlarda chiqayotgan hidga chidab bo‘lmasdi. Tuzatishardi, oxirigacha tozalashmasdi. Lekin hozir shunaqa tozalashdiki, hid ham kelmayapti. Hammasi yaxshi”.
Izoh (0)