Saudiya Arabistonida shahzoda Turki bin Saud al-Kabirga nisbatan o‘lim jazosi ijro etildi. Qirollik oilasi a’zosining qatl etilishi monarxiya tarixida birinchi marta yuz berdi, deb yozadi Frans Press agentligi.
Al-Kabirga nisbatan hukm Saudiya Arabistoni oliy va apellyatsiya sudi tomonidan tasdiqlandi, shuningdek, uning qatl etilishi uchun qirol farmoyishi chiqarildi.
2014-yilda sud shahzoda Turki bin Saud al-Kabirni Ar-Riyod yaqinidagi shaharchada bir guruh kishilar o‘rtasida yuzaga kelgan mushtlashuvda Saudiya Arabistoni fuqarosini o‘ldirishda aybdor deb topdi. Janjaldan so‘ng o‘ldirilgan odam shahzodaning do‘sti ekanligi aniqlangan. Mahalliy OAVlarning ma’lum qilishicha, voqea joyiga politsiyani Al-Kabirning o‘zi chaqirgan. Shundan so‘ng u qo‘lga olingan.
Saudiya Arabistonida amal qiluvchi shariat qonunlariga ko‘ra, qotillik, giyohvandlik vositalari kontrabandasi, qurollangan o‘g‘rilik, nomusga tegish va xudoga shak keltirishga nisbatan o‘lim jazosi tayinlanadi.
Joriy yilda Turki bin Saud al-Kabirning qatl etilishi hisob bo‘yicha 134-o‘lim jazosining ijrosi bo‘ldi.
Izoh (0)