“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Liverpul”ga qarshi (0:0) APL 8-turida jamoasining to‘pga egalik qilish bo‘yicha ko‘rsatkichi 35 foizni tashkil etgani hamda o‘ta himoyaviy o‘yin namoyish qilganiga bildirilgan tanqidlarga javob qaytardi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“‘Liverpul’ nechta zarba yo‘lladi? Ikkita? O‘yin vaqtining 65 foizini to‘pga egalik qilish vaqtida ikkita zarba. Shuning uchun bizlarni emas, ‘Liverpul’ni tanqid qilish kerak. Biz o‘z statistikamizni yuritdik. Vakilimiz ‘Yunayted’ o‘yin vaqtining 35 foizi emas, 42 foizida to‘pga egalik qilganini aytdi”, – dedi Mourinyo.
Avvalroq “MYu”ning “Liverpul”ga qarshi o‘yinda to‘pga egalik qilish bo‘yicha ko‘rsatkichi 34 foizni tashkil etgani va bu klub antirekordi sifatida qayd etilgani haqida xabar berilgandi.