“Manchester Yunayted” jamoasining “Liverpul” klubiga qarshi (0:0) Angliya chempionati 8-turida to‘pga egalik qilish bo‘yicha ko‘rsatkichi uchrashuv vaqtining 34 foizini tashkil etdi. Bu klubning APL tarixidagi antirekordi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Mazkur uchrashuvdan so‘ng “Liverpul” ochkolar sonini 17 taga yetkazib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Manchester Yunayted” esa 14 ochko bilan yettinchi o‘rinni egallab turibdi.