Filippinning millionlab aholisi “Xaima” nomini olgan kuchli to‘fon yaqinlashishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Mahalliy meteorologiya xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, to‘fon soatiga 315 kilometrgacha yetadigan kuchli shamol bilan kelmoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, “Xaima” to‘foni Filippinning shimoliy hududlariga 19-oktabr, chorshanba kuni kechga yaqin yetib boradi.
Izoh (0)