Kalit nusxasini yasashning eng oddiy usuli bor. Uni har kim qo‘lostidagi vositalardan yasashi mumkin. Bu zaxira kaliti shunchalik qulayki, uni hamyoningizda olib yursangiz ham bo‘ladi, deb yozadi “Xitrosti jizni” nashri.
Buning uchun:
- Original kalitni olovda qizdiring.
- Kalit qoraygandan keyin, u biroz sovishi uchun xavfsiz joyga qo‘ying.
- Yopishqoq tasmadan kesib olib, kalit izlarini olish uchun uni kalitga bosib turing.
- Tasmani ehtiyotkorlik bilan ajratib oling.
- Konserva bankasining qopqog‘ini olib, stol ustiga qo‘ying.
- Tasmani yopishtirib, o‘tkir qaychi bilan kalitni qirqib oling, iloji boricha aynan o‘zidek qilib kesing.
Juda oson, shunday emasmi? Ombir va himoya qo‘lqoplaridan foydalanishingiz mumkin. Qo‘lingizni kesib olishdan ehtiyot bo‘ling!
Izoh (0)