Xitoy dalay-lama bilan uchrashgan Slovakiya prezidenti Andrey Kiskani tanqid ostiga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunyin rasmiy Bratislava ushbu uchrashuvning salbiy ta’sirini yo‘q qilish uchun choralar ko‘rishi zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Andrey Kiska bir muddat ilgari Tibet diniy rahnamosi, Xitoyda xavfli ayirmachi sifatida ko‘riluvchi dalay-lama bilan nonushta qilib, suhbat qurdi. Xitoy bunga oldindan qarshilik bildirgan edi.
Izoh (0)