“Xalqaro savdo palatasi Ukraina milliy qo‘mitasi” uyushmasi (ICC Ukraine) bosh kotibi Vladimir Mixaylov boshchiligidagi Ukraina ishbilarmon davralari delegatsiyasi 23–26-oktabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi tashabbusi ko‘ra ICC Ukraine ko‘magida amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi UzDaily.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga ko‘maklashish va hamkorlikni kengaytirishdir.
Tashrif chog‘ida Ukraina delegatsiyasi uskuna va texnologiyalar taklif qilibgina qolmay, sanoatning turli sohalarida investitsion loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashishni rejalashtirmoqda. Jumladan, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmini oshirish, “Angren”, “Jizzax”, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonalarida qo‘shma korxonalar kooperatsiyasini tashkil etish ko‘zlanmoqda.
Tashrif doirasida biznes-forum o‘tkaziladi. ICC Ukraine va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolashi kutilmoqda.
Izoh (0)