Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarining batareyalarini o‘z laboratoriyalarida sinovdan o‘tkazdi, bu esa telefon ishlab chiqaruvchi kompaniyalarda tarqalgan amaliyotdan farq qiladi. Bu haqda, The Wall Street Journal nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Smartfonlar AQShda sotuvlardan oldin Uyali telekommunikatsiyalar sohasi uyushmasi (CTIA) tomonidan sertifikatlangan 28 laboratoriyadan birida sinovdan o‘tkazilishi lozim. Samsung CTIA sertifikatsiyasini olish uchun sinovlarni o‘z laboratoriyasida o‘tkazadigan yagona kompaniyadir.
Kompaniyaning rasmiy vakili ichki testlar smartfonning akkumulyatorlarida hech qanday muammo aniqlamaganini uqtirmoqda.
Izoh (0)