Galaxy Note 7 smartfonlarini ishlab chiqarish va sotishdan voz kechish joriy hamda kelgusi chorakda Samsung Electronics uchun 3 milliard dollar atrofida zarar keltiradi. Bu haqda 14-oktabr, juma kuni kompaniya vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
Muammoli model qaytarib olinishi bilan bog‘liq umumiy ziyon Samsung tomonidan kamida 5,3 milliard dollarga baholanmoqda. Note 7 tufayli kompaniya oktabr—dekabrda 2 trillion, yanvar—martda esa yana 1 trillion von yo‘qotadi.
Samsung o‘z mahsulotlari xavfsizligi va sifatini tekshirish jarayonini o‘zgartirishni va’da qildi. Buning qanday amalga oshirilishi oshkor etilmadi.
Note 7 qaytarib olinishi tufayli ko‘rilgan zararni qoplash uchun kompaniya shu yil bahorda chiqarilgan Galaxy’ning ikki boshqa modeli — Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge sotuvini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)