Kalifoniya universiteti (AQSh) olimlari tajriba sichqonlari misolida yuqori energiyali zarralarning miyaga ta’sirini o‘rgandi. Bu haqda Scientific Reports xabar bermoqda.
Tajribalar NASA koinot radiatsiyasi laboratoriyasida o‘tkazildi. Jonivorlar ionlashgan kislorod va titan zarralari bilan nurlantirildi. Inson uzoq vaqt koinot kengliklarida bo‘lganida aynan shunday ta’sirga duch keladi.
Oradan 6 oy o‘tib, olimlar miyada qator yallig‘lanish jarayonlari mavjudligi, shuningdek, asab tolalari jiddiy shikastlanganini qayd etdi. Bu sichqonlar xotirasi va o‘rganish qobiliyati susayishiga olib keldi. Ayni paytda ularda xavotir kuchaygan, o‘zlarini tutishlari esa besaranjom bo‘lib qoldi. Odatda miyasida o‘sma mavjud bemorlar radioterapiya olayotganda shunday holat kuzatiladi.
Olimlar kosmonavtlarni Quyosh radiatsiyasi zarralari oqimidan himoya qilish yo‘llarini qidirmoqda. Bugungi kunga kelib mazkur muammoni yechishning bir necha variantlari, jumladan, korpus uchun maxsus himoya materiallari tayyorlash va magnit qalqon yaratish taklif etilmoqda.
Izoh (0)