Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi oxirgi besh yillik ko‘rsatkichlariga muvofiq bo‘yicha eng ko‘p futbolka sotgan jamoa bo‘ldi. Shu davr mobaynida u har yili o‘rtacha 1,75 million donadan futbolka sotib kelgan. Bu haqda, PR Marketing tadqiqotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ikkinchi o‘rinda Ispaniyaning “Real” jamoasi turibdi — u har yili “MYu”ga nisbatan 100 mingga kamroq futbolga sotgan. “Barselona”da esa bu ko‘rsatkich yiliga 1,278 million futbolkaga teng. Bu jihatdan Ispaniya grandi jahonda uchinchi o‘rinda turadi.
Germaniyaning “Bavariya” klubi yiliga 1,2 million dona futbolka ko‘rsatkichi bilan keyingi o‘rinda bormoqda. Angliyaning “Chelsi”, “Liverpul” va “Arsenal” jamoalari esa har yili 800–900 ming futbolka sotadi.
Izoh (0)