Facebook foydalanuvchisi Kataloniya rahbarining mashinasiga bomba o‘rnatish bilan tahdid qildi
Ispaniya Kataloniyasi hukumati raisi Karles Puchdemon Facebook ijtimoiy tarmog‘ida bir kishidan tahdid oldi. Noma’lum shaxs uning mashinasiga bomba o‘rnatishi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi “TASS”.
15-oktabr kuni Xorxe Fernandes Ernandes ismli shaxs Kataloniya rahbariga shu ruhdagi xabarni yo‘lladi. Bu uning asl ismi-sharifimi, nikimi — noma’lum.
“Juda yaqinda soating keladi. Bomba mashinang ostida, hushyor bo‘l. Kataloniya degan mamlakat mavjud emas, esi past”, — deyilgan ushbu xabarda.
Ernandes Puchdemonni u Kataloniya muxtor viloyati aholisini Ispaniyadan chiqish tarafdorlari va bunga qarshilarga bo‘lib qo‘yganlikda hamda bundan manfaat ko‘rganlikda aybladi.