Gollivud aktyori Bred Pitt suratga tushgan filmlarda tez-tez ovqat tanovul qiladi. Endilikda uning muxlislari Pitt ekranda iste’mol qilgan ovqatlarni o‘z uyida tayyorlash imkoniyatiga ega: Bred Pitt o‘ynagan qahramonlar tanovul qilgan taomlarning retseptlar kitobi chiqdi, deb xabar bermoqda “Daily Afisha”.
Kitob Long Prawn nashriyoti tomonidan chop etildi va Fat Brad (“Semiz Bred”) nomini oldi. Retseptlar orasida oshpazlar Ali Karri-Vumar va Myetto Koventrilarning taomlari ham mavjud. Kitob narxi 24,99 dollarga baholangan.
Quyida Bred Pittning ekranda tanovul qilgan ovqatlar videolavhasi keltirilgan.
Izoh (0)