18-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Naser Juda bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muloqot chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakldagi, jumladan, IHT va BMT doirasidagi O‘zbekiston–Iordaniya munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va o‘zaro manfaat kasb etadigan boshqa sohalarda hamkorlikning aniq natijalariga erishishga ikki tomon ham tayyor ekanligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda Iordaniya elchisi Solih Ahmad Al-Javarneh ishtirok etdi.
Izoh (0)