Futbol bo‘yicha Misr chempionati o‘yinlaridan birida uchrashuv bosh hakami darvozabonning o‘z jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qo‘li bilan qaytargan holatiga e’tibor bermadi, deb xabar bermoqda “iSport.ua”.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat aks ettirilgan video paydo bo‘ldi va futbol muxlislarini o‘ylantirib qo‘ydi. Bunday to‘p qaytarishda darvozabon maydondan chetlatilishi kerak edi.
Hisob 1:1 bo‘lib turgan bir paytda jamoalardan birining futbolchisi qarshi hujumga o‘tdi. Raqib jamoa darvozaboni esa jarima maydonchasini tark etdi. Futbolchi uzoq masofadan to‘pni darvozaga yo‘naltirmoqchi edi, ammo darvozabon to‘pni qoidaga zid ravishda qo‘li bilan qaytardi.
Uchrashuv bosh hakami butun stadion ko‘rgan holatga e’tibor bermadi. Eng qizig‘i, hujum qilayotgan jamoa a’zolari ham hakamning e’tiborsizligiga qarshilik ko‘rsatmadi. Aksincha, hujum qilayotgan futbolchi to‘pning ortidan yugurib, raqib futbolchisi tomonidan yiqitildi. Natijada u jarohat oldi, ammo hakam ushbu holatni ham “ko‘rmadi”.
Izoh (0)