Uelsning boks bo‘yicha yengil toifadagi sobiq chempioni Reychel Baklend zinadan yiqilganidan so‘ng komaga tushib qoldi. Bu haqda, Mirror nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
25 yoshli sobiq sportchi qiz o‘z uyidagi zinadan bir hafta muqaddam yiqildi. Buning oqibatida uning bosh chanog‘ida sinish ro‘y berdi, miyasiga qon quyildi. Ayni paytda u Kardiffdagi shifoxonaga koma holida yotibdi.
Reychel 23 yoshli bokchsi, “Seltik” klubi chempioni Mitchell Baklend bilan turmush qurgan. Juftlikning ikki yoshli o‘g‘li va bir yoshli qizi bor.
Izoh (0)