Braziliya terma jamoasi hamda “Barselona” klubining sobiq a’zosi Ronaldinyo Kataloniya klubidagi birinchi ish kunini o‘tkazib yubordi, deb xabar bermoqda iSport.
“Barselona” bir necha kun avval klub afsonasi Ronaldinyo jamoa elchisiga aylangani haqida e’lon qilgandi. Braziliyalik sobiq futbolchining yangi lavozimdagi vazifasi aniq emas. U, asosan, klub vakili sifatida turli tadbirlarda ishtirok etishi kerak bo‘ladi.
Samba (raqs turi) va yorqin hordiqni yaxshi ko‘radigan Ronaldinyo hech qachon intizomi bilan ajralib turmagan. Ronaldinyo yangi lavozimga ega bo‘lishi bilan mojaro sababchisi bo‘ldi.
Sobiq futbolchi birinchi ish kunida “Barselona”ning “Deportivo”ga qarshi (4:0) o‘yiniga tashrif buyurishi kerak edi. Quyidagi surat bunga dalil bo‘la oladi.
Buning o‘rniga esa Ronaldinyo sohil bo‘yida dam oldi va buni yashirmagan holda suratini Instagram’dagi sahifasiga yukladi.
Ma’lumot uchun, u 2003—2008-yillar davomida “Barselona” safida to‘p surgan. “Ko‘k-anor ranglilar” tarkibida 145 uchrashuvda maydonga tushgan Ronaldinyo 70 ta gol kiritgan.
Izoh (0)