Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 25-tur uchrashuvlariga to‘liq yakun yasaldi. 14-oktabr kuni 5 ta o‘yin bo‘lib o‘tgandi, shanba kuni esa yana 3 tasi o‘tkazildi.
Turning markaziy bellashuvi Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tib, unda Qarshining “Nasaf” klubi mehmon bo‘ldi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol milliy terma jamoa a’zosi Eldor Shomurodov tomonidan urildi.
“Nasaf” 9 ta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmay kelayotgandi. “Maydon.uz” ma’lumotiga ko‘ra, Qarshi klubi so‘nggi bor 1-iyul kuni Muborakda “Mash’al”dan yengilgan bo‘lib, shundan keyin 7 ta bellashuvni o‘z foydasiga hal qilgan va 2 tasida durang o‘ynagandi.
Mamlakatning amaldagi chempioni “Paxtakor” Farg‘onada imkoniyatni boy berdi. Jamshid Iskandarov 45-daqiqaga kelib bosh hakam Ilgiz Tantashev tomonidan maydondan chetlatildi. Ikkinchi bo‘limni bir kishi kamroq o‘tkazgan “Paxtakor” esa mag‘lubiyatdan qutulib qola olmadi.
Oliy Ligada so‘nggi o‘rinni egallab turgan “Andijon” 25-turdan keyin ham yuqorilay olmadi. Jamoa bu safar G‘uzorda “Sho‘rtan”dan yengildi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 25-tur uchrashuvlari 15-oktabr, shanba
Izoh (0)