• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasiga doir brifing o‘tkazildi

    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2016-yil 14-oktabr kuni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun 18-19-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: “Minval.az”

    Foto: “Minval.az”

    Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo 26 davlat tashqi ishlar vazirlari mazkur yig‘ilishda ishtirok etishini tasdiqlaganini ma’lum qildi. Bular Afg‘oniston, Bangladesh, Gayana, Jazoir, Indoneziya, Iordaniya, Kamerun, Kot d’Ivuar, Kuvayt, Liviya, Malayziya, Maldiv, Misr, Nigeriya, Ozarbayjon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Somali, Surinam, Tojikiston, Turkiya, Falastin, Yaman, Qatar, Qirg‘iziston, Qozog‘iston tashqi siyosat idoralari rahbarlaridir.

    Sessiyada Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad Amin Madaniy, Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hajjar, tashkilotning yordamchi va maxsus muassasalari bosh direktorlari, AQSh, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Shveysariyaning IHTdagi maxsus vakillari hamda BMT, YXHT, Arab davlatlari ligasi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash kabi qator tuzilmalar vakillari ham ishtirok etadi.

    18-oktabrda o‘z ishini boshlaydigan sessiya doirasida Tashqi ishlar vazirlari kengashining amaldagi raisi Kuvayt Davlati o‘z raislik vakolatini rasman O‘zbekistonga topshiradi. Shu paytdan boshlab O‘zbekiston Respublikasining tashqi ishlar vaziri mazkur organning 2017-yildagi navbatdagi sessiyasiga qadar Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining raisi funksiyalarini amalga oshiradi.

    Tasdiqlangan dastur va kun tartibiga muvofiq ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.

    O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga musulmon davlatlarni birlashtiruvchi umume’tirof etilgan forum sifatida qaraydi, IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi bo‘lajak raisligini esa O‘zbekistonning islom tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan tarixiy hissasining e’tirofi, deb hisoblaydi. Shundan kelib chiqqan holda O‘zbekiston tashkilotning dunyodagi rolini kengaytirish hamda tashkilot oldidagi muhim vazifalarni hal etishga har tomonlama ko‘mak berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

    Tashkilot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ravishda vayronkor mafkuraga qarshi kurashish, aholida, ayniqsa, yosh avlod vakillarida muqaddas islom dini qadriyatlari haqida to‘g‘ri tushuncha va fikrni shakllantirish, har tomonlama yetuk va yuqori bilimli yoshlarni tarbiyalash masalalarining davlatlar barqarorligi va xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyatini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasining IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligi “Ta’lim va ma’rifat — tinchlik va bunyodkorlik yo‘li” shiori ostida o‘tadi.

    Sessiya qatnashchilari yalpi majlislarda Islom hamkorlik tashkiloti oldida turgan davlatlararo muloqotni qo‘llab-quvvatlash, tinchlikni mustahkamlash sohasidagi umumiy vazifalarni hal qilish hamda siyosat, iqtisodiyot, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini ham muhokama qiladi.

    Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida joriy yilning avgust oyida Saudiya Arabistoni Podshohligining Jidda shahrida Iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha Islom komissiyasining 39-sessiyasi hamda IHTga a’zo davlatlar yuqori mansabdor shaxslarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu forumlar ishida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

    Mazkur tadbirlar yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida tasdiqlanishi rejalashtirilgan 100 dan ortiq rezolyutsiya ma’qullandi. Bundan tashqari, IHTning Maxsus qo‘mitasi tomonidan tadbir doirasida qo‘shimcha ravishda qator rezolyutsiya loyihalari ko‘rib chiqiladi.

    Sessiya yakuniga ko‘ra qabul qilinadigan asosiy hujjat Toshkent deklaratsiyasi hisoblanadi. Mazkur hujjat IHT kun tartibidagi asosiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar masalalarni hamda O‘zbekiston Respublikasining Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligining ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.

    15.10.2016, 00:06   Izoh (0)   7763
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    15-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li joylarida havo harorati -3 darajagacha soviydi

    14.10.2016, 20:41

    Foto: O‘zbekiston tog‘larida birinchi qor yog‘di

    14.10.2016, 20:16

    Krishtianu Ronaldu haqida xabarlar, Samarqand tungi klublaridagi reydlar, O‘zbekiston chegarasidan o‘tolmagan porno va kunning boshqa qiziqarli yangiliklari

    14.10.2016, 19:48

    Markaziy saylov komissiyasining faoliyati asosiy tamoyillari nimalardan iborat?

    14.10.2016, 15:54

    Endi UzMobile’da 4G-qurilmalarning batareyalari 4G LTE tezlikda ham energiya tejaydi

    14.10.2016, 11:05

    FIFA reytingida Rossiyadan o‘zib ketgan O‘zbekiston, Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillayevaning “Minor” masjidiga tuhfasi, Tailand qirolining vafoti va kunnin...

    13.10.2016, 18:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ronaldu: “Murabbiylik men uchun emas”

    Sport | 30 iyun, 13:04

    “Yoshlarimizga hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish burchimizga aylangan” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 30 iyun, 12:57

    “ ‘Forsaj’ning yakuniy qismida marhum aktyor Pol Uoker qaytadi” — Vin Dizel

    Kino | 30 iyun, 12:40

    Eron 9 ta atom bombasi uchun yetarli uran zaxirasini yashirgan bo‘lishi mumkin — Reuters

    Dunyo | 30 iyun, 12:10

    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

    Reklama | 30 iyun, 12:00

    Pokistonda sel va kuchli yomg‘ir oqibatida halok bo‘lganlar 32 nafarga yetdi

    Dunyo | 30 iyun, 11:56

    Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 11:53

    “Kalmar o‘yini” serialining yangi versiyasi AQSHda suratga olinadi

    Kino | 30 iyun, 11:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.