Sinay yarim orolidagi nazorat-o‘tkazish punktining o‘qqa tutilishi oqibatida Misr armiyasining 12 harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Voqea Shimoliy Sinay markazi — al-Arish shahridagi harbiy lagerda sodir bo‘ldi. Hujum uchun javobgarlikni yarim orol hududida faoliyat yuritayotgan hech bir terrorchi guruh o‘z zimmasiga olmadi.
Reuters Misr xavfsizlik xizmatlaridagi manbalariga asoslanib teraktni IShID jangarilari uyushtirganini xabar qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)