5 va 14-oktabrda Andijon va Farg‘ona shaharlarida O‘zbekiston–Qirg‘iziston davlat chegarasi delimitatsiyasi va demarkatsiyasi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Uchrashuvlar davomida Namangan, Farg‘on va Andijon viloyatlarining Jalolobod, O‘sh va Batken viloyatlari bilan chegara chizig‘idan o‘tgan 55 uchastka birgalikda ko‘zdan kechirildi.
Muzokaralar yakunlariga ko‘ra tomonlar bayonnoma imzoladi.
Uchrashuvlar do‘stona ruhda o‘tdi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)